Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

02.08.2018 12:22 Chop etish versiyasi

Shu paytgacha kitobxonlikka daxldor qaror chiqargan davlat rahbari bo‘lmagan

Shu paytgacha kitobxonlikka daxldor qaror chiqargan davlat rahbari bo‘lmagan

Atigi bir yilning u yoq-bu yog‘ida yurtimiz “Kitoblar mamlakati”ga aylandi...

Prezidentimizning 2017-yil 3-avgust kuni ijodkor ziyolilar vakillari bilan uchrashuvi tom ma’noda tarixiy voqea bo‘ldi. Adabiyot, san’at, ma’naviyatga taalluqli barcha sohalar faoliyatida tub burilish, yangilanish davrini boshlab berdi. Hamma o‘z ishiga, faoliyatiga mutlaqo yangi, hayotiy reallik, millat ruhi, sha’ni va shavkati mezonlaridan qarab yondasha boshladi.

Prezidentimiz qayerga borsa, viloyatlar, mahallalar, harbiy qismlar va san’at dargohlari bo‘lsin, albatta, kutubxonalarga kirib, hammani kitob o‘qishga targ‘ib qiladi. “Kitobsiz – kelajak yo‘q” degan gaplari allaqachon da’vatga aylanib bo‘ldi. Hatto ayrim gazetalarimiz bu gapni o‘zlariga shior qilib oldi. Atigi bir yilning u yoq-bu yog‘ida yurtimiz “Kitoblar mamlakati”ga aylandi. Dunyo tarixida shu paytgacha kitob va kitobxonlikka daxldor davlat miqyosida qaror chiqargan rahbar bo‘lmagan ekan.

Meni kitobga aloqador bir mutaxassis sifatida yana shu narsa qiziqtiradiki, qurilayotgan yangi uylar, massivlar, hatto boshqa yo‘nalishlardagi inshootlarda ham kutubxona, kitob do‘konlari uchun joy ajratilmoqda.

O‘sha tarixiy uchrashuvda Prezidentimiz barcha sohalar qatori noshirlik-matbaachilik masalalariga ham alohida to‘xtaldi. Sohani rivojlantirish, uning moddiy-texnik bazasini kuchaytirish, eng muhimi, xalqimizning ma’naviy dunyosini boyitadigan, saviyasi, ruhiyatini ko‘taradigan, yoshlarni vatanparvarlik, fidoyilikka chorlaydigan kitoblar chop etish bo‘yicha topshiriqlar berdi. Bu borada ta’bir joiz bo‘lsa, “Ijtimoiy buyurtma” maqomidagi yangi asarlar yaratish va chop etish lozimligini ta’kidladi. Matbuot va axborot agentligi, Yozuvchilar uyushmasi buyurtmalari asosida zamondoshlarimizning hayoti, faoliyati, fidoyi mehnati tarannum etilgan ko‘plab yangi kitoblar chop etilmoqda va ular bugun-erta o‘quvchilar qo‘liga yetib boradi.

Ahror Ahmedov,
“Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik
kompaniyasi bosh muharriri

O‘zA
2 384