Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

09.02.2017 12:57 Chop etish versiyasi

Shoir tavalludiga bag‘ishlandi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumanidagi 18-bolalar musiqa va san’at maktabida Alisher Navoiy tavalludining 576-yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Buyuk mutafakkir hayoti va ijodini o‘rganish, yuksak insonparvarlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan asarlari mazmun-mohiyatini yosh avlod ongiga singdirish, ta’lim muassasalarida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

– Alisher Navoiy asarlari tuganmas va bebaho ma’naviy manbadir, – deydi Bo‘ston akademik litseyi o‘qituvchisi Zulfiya Boltayeva. – Ulug‘ ajdodlarimiz, mumtoz adabiyotimiz darg‘alari ijodiga bag‘ishlangan bunday tadbirlar yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishga xizmat qilish bilan birga, ularni adabiyotga, she’riyatga oshno etishga xizmat qiladi.

Tadbirda o‘quvchilar tomonidan Alisher Navoiy g‘azallari va ruboiylaridan namunalar o‘qildi, asarlaridan sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

Aminboy Ortiqboyev, O‘zA
460