O‘zA O`zbek

14.09.2020 Chop etish versiyasi

Shoir ijodiga bagʻishlandi

Shoir ijodiga bagʻishlandi

Karmana tumani axborot- kutubxona markazida taniqli shoir, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Shoyim Shernazar hayoti va ijodiga bagʻishlangan “Shoyim Shernazar ijodiga bir nazar” mavzusida onlayn ijodiy uchrashuv oʻtkazildi.

Tadbirda shoirning ustoz va shogirdlari, adabiyotshunoslar, Axborot- kutubxona markazi xodimlari ishtirok etdi.

Adabiy kechada tuman axborot- kutubxona markazi direktori D. Imomova, shoir Odil Hotamov, Jurnalistlar uyushmasi Navoiy viloyati boʻlimi raisi Otabek Aslonov va boshqalar bugungi Navoiy adabiy muhitida Shoyim Shernazarning oʻrni haqida gapirdi. Adibning sheʼriyati, nasri va publitsistikasi haqida iliq fikrlar bildirildi.

Shoyim Shernazarning sodda va samimiy misralarida hayot rangi, tabiatning betakror manzaralari va inson koʻngli kechinmalari yaqqol aks etib turadi. Tadbir davomida adib Shoyim Shernazarning “ Mangu navqiron” kitobi taqdimoti oʻtkazildi.

10 178
D.Mamatova, OʻzA