Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

02.06.2018 13:22 Chop etish versiyasi

Sho­dibek hamda To‘q­mang‘it qishloq­lari obod bo‘ladi

Sho­dibek hamda To‘q­mang‘it qishloq­lari obod bo‘ladi
Navoiy viloyati Konimex tumani Sho­dibek va To‘q­­mang‘it qish­loq­­larida 208 xonadon, 1047 nafar aholi is­ti­qo­mat qi­ladi.

Qishloqlarimizning kundan-kunga chiroy ochib, ko‘rkam manzilga aylanib borayotgani ko‘zni quvontiradi. Ayniqsa, “Obod qishloq” dasturi asosida har bir tumanning chekka hududlarida ulkan bunyodkorlik, ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilayotgani e’tirofga loyiq.

Navoiy viloyati Konimex tumani Sho­dibek va To‘q­­mang‘it qish­loq­­larida 208 xonadon, 1047 nafar aholi is­ti­qo­mat qi­ladi. Bugungi kun­da mazkur hu­dudlarga tuman ho­kimi o‘rin­bosar­lari, 39 homiy tashkilot va­kil­laridan iborat ishchi gu­ruh bi­riktirilib, yo‘­nalish­lar, re­ja­lar belgilab olindi. Ik­kala mas­kanda ham uy-joy­­larni ta’­mir­­lash ish­lari bosh­­landi. Shu­­ning­­­dek, ijti­moiy soha, mu­handis­lik tarmoqlari va bozor infra­tu­zilmasi obyekt­lari­da loyiha huj­jatlari tayyor­lan­moq­da. Qurilish av­gust oyida yakun­la­nishi reja­lash­tirilgan.

– Hududda 176 nafar ish­­chi xizmat qilmoqda, – deydi tuman ho­kimligi qurilish ma­salalari bo‘yicha bosh mutaxas­sisi B.Xalilov. –Sakkizta no­qo­nuniy qurilishlar buzildi va yer maydonidan samarali foy­da­la­nish choralari ko‘rilmoqda. “Navoiazot” AJ tomonidan fuqarolar xonadonlari­da ta’mirlash va obodonlash­tirish ishlariga amaliy yordam ko‘r­satilmoqda. Bundan tash­qari, ko‘­chalarga 250 dona daraxt ko‘chati o‘tqazilib, 7 kilometr yo‘l, 1,5 ki­lometr elektr, 1,8 kilometr gaz, 2 kilometr ichimlik suvi tar­moq­larida qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilayotir. 

“Xayrobod servis” xususiy kor­xonasi tomonidan Shodibek qishlog‘i markazidagi suv inshooti bi­nosini mukammal ta’mirlash ishlari bajarilmoqda. Ayniqsa, dastur doirasida ikkala hududda ham sun’iy qoplamali bolalar may­donchasi, hammom, 60 o‘rinli mak­tab­gacha ta’lim muassasasi quri­lishi aholi turmush daraja­si­ni yana­da yaxshilaydi.

– Obodlik shukuhi odamlarimiz yuz-ko‘zidagi mamnunlik, yaratuv­chan­lik zavqida ham namoyon bo‘l­moqda, – deydi “Sho‘rtepa” ma­hal­la fuqarolar yig‘ini raisi X.Ibragimov. – Yaqin­da qish­loqlardagi aholi tibbiyot xo­dim­lari tomonidan to‘liq ko‘rik­dan o‘tkazildi. Tadbirkorlar tomonidan zamonaviy savdo mar­kazi qu­rish reja­lash­­tiril­gan. Quvonarlisi, ma­halla ahli­ning o‘zi ham obodon­lash­tirish ishlariga faol ishtirok etmoqda.

Ta’kidlash joizki, hudud­larda bank ko‘magi orqali aho­lining turmush farovonligini oshi­­rishga ham alohida e’tibor qara­tilayotir. Shunga ko‘ra, bugunga qadar 17 kam ta’­minlangan hamda ijtimoiy hi­moyaga muhtoj oila­larning im­tiyoz­li kredit mablag‘i olishida ma­­halla fuqarolar yi­g‘ini to­mo­ni­dan tavsiyalar be­rildi. Xu­su­san, Ro‘­zimurod Qudo­boyev bunday mablag‘ evaziga ikki bosh qoramol xarid qildi. Ularni boqib, ko‘pay­tirib, sotish evaziga uy-joyini ta’mirlashni niyat qil­gan. Yana bir fuqaro — Ro­za Ah­medova esa mik­roto‘lqinli gaz pechi sotib oldi. U turli pi­shi­riq­lar tayyor­lab, oila daro­madiga hissa qo‘sh­moqchi.

Bu ezgu amal­larning ba­rchasi xalq manfaatlarini o‘ylab qilinayotgani ki­shini xursand qi­ladi. Yaqin oy­­lar­da Sho­dibek hamda To‘q­mang‘it qishloq­lari so‘lim, ko‘r­kam, obod manzilga ay­la­ni­shiga shubha yo‘q.

N.Rahimov, O‘zA
2 040