Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

09.07.2018 18:07 Chop etish versiyasi

Shikastlangan chet el valyutasi muomalaga yaroqlimi?

Shikastlangan chet el valyutasi muomalaga yaroqlimi?
Adliya vazirligida davlat ro‘yxatdan o‘tkazilgan Tijorat banklarida jismoniy shaxslar bilan valyuta ayirboshlash operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomda shikastlangan chet el valyutasini muomalaga yaroqli, deb topish asoslari ham ko‘rsatilgan.

Xususan, quyidagi shikastlanish belgilari mavjud bo‘lgan banknotalar muomalaga yaroqli qonuniy to‘lov vositasi hisoblanadi:
  • tasvirini (shaklini) aniqlash imkonini beradigan darajada siyqalangan va ifloslangan bo‘lsa;
  • enining (bo‘yining) to‘rtdan bir qismidan oshmagan yopishtirilgan yirtiqlarga ega bo‘lsa;
  • qo‘yilgan burchaklari yoki qismlari (1 sm2 dan oshmagan) bo‘lsa hamda yirtib olingan burchaklari yoki qismlar aniq ushbu banknotaga tegishli bo‘lsa;
  • mayda dog‘lar, yozuvlar, shtamp izi (bunda yozuv yoki shtamp izi ikki donadan oshmagan bo‘lishi lozim) bo‘lganda hamda ular banknotaning haqiqiyligini aniqlashga xalaqit bermaydigan asosiy himoya belgilaridan birining 50 foizidan ortig‘ini to‘sib qo‘ymagan bo‘lsa;
  • banknotada diametri 1 mm dan oshmagan va ikkitadan ko‘p bo‘lmagan teshiklar bo‘lsa. 
Tijorat banklari tomonidan jismoniy shaxslarning shikastlangan banknotalarini milliy valyutaga ayirboshlash yoki shu turdagi shikastlanmagan banknotalarga almashtirish, maydalash, yiriklash hamda konversiya operatsiyalarni amalga oshirishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi. Bu haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.

O‘zA
2 872