O‘zA O`zbek

19.06.2018 17:25 Chop etish versiyasi

Shifokorlarga tibbiyot qutilari topshirildi

Shifokorlarga tibbiyot qutilari topshirildi
Andijon shahar tez tibbiy yordam bo‘limi shifokorlariga bir necha turdagi tibbiy jihozlar jamlamasidan iborat tibbiyot qutilari tarqatildi.

Prezidentimizning 2017 yil 16 martdagi “Shoshilinch tibbiy yordamni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni hamda 2018 yil 25 yanvardagi “Shoshilinch tibbiy yordam tizimini jadal takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida Andijon shahar tez tibbiy yordam bo‘limiga umumiy qiymati 224 million 200 ming so‘m bo‘lgan tibbiy asbob-uskunalar, jihozlar berildi.

3 (1).JPG

– Shifokorlarimizga tarkibida EKG portativi, tanometr, termometr, “Ambu” qopchasi singari 10 turdagi jihozlar bo‘lgan tibbiyot qutilari berildi, – deydi Andijon shahar tez tibbiy yordam bo‘limi mudiri Oybek Hayitboyev. – Bu, albatta, ularning faoliyati samaradorligini oshirish, ko‘rsatilayotgan shoshilinch tibbiy yordam sifatini yuksaltirishga xizmat qiladi.

Bu kabi tibbiyot qutilari viloyatdagi barcha tuman va shaharlar tez tibbiy yordam bo‘limlari shifokorlariga topshirildi.

Faxriddin Ubaydullayev Zuhriddin Umurzoqov (surat) O‘zA
2 192