O‘zA O`zbek

06.06.2018 14:52 Chop etish versiyasi

Shifokor Komila Musayeva: 5-sinf o‘quvchisi “energetik” ichimlik ta’siriga tushib qoldi

Shifokor Komila Musayeva: 5-sinf o‘quvchisi “energetik” ichimlik ta’siriga tushib qoldi Qabulimga bir ona 11 yoshli o‘g‘lini ko‘rikka olib keldi. Undagi kuchli asabiylashish, xotiraning sustlashishi, boshidagi doimiy og‘riqlardan noliyotganini aytib maslahat so‘radi. Olib borilgan tekshiruvlar natijasi shuni ko‘rsatdiki, bolaning qon bosimi yuqori, qon tahlillari ham me’yorida emas edi.

Shundan so‘ng u iste’mol qilayotgan mahsulotlar, turmush tarzi, yashash ahvoli bilan qiziqdik. Shunda uning uzoq muddat quvvatni oshiruvchi ichimliklar ichgani ma’lum bo‘ldi.

Buni oila a’zolari, ota-onasi bilgan. Ammo bolaga salbiy ta’siri haqida yo ma’lumotga ega bo‘lmagan yoki e’tiborsizlik qilishgan. Ayni vaqtda bolada muolajalar olib borilmoqda. Ahvoli ancha yaxshilangan.

Bu jarayonda biz, shifokorlar kattalarga ehtiyot bo‘lishini, e’tiborsizlikning oqibati ayanchli bo‘lishi mumkinligini tushuntirishga harakat qilamiz.

Ishlab chiqarish, sotish va iste’molda qandaydir cheklovlar bo‘lishi tarafdorimiz. Me’yorni unutish yoki haddan ortiq qiziquvchanlik farzandlarimiz salomatligiga yomon ta’sir qilishi mumkin.

O‘zA
2 621