O‘zA O`zbek

23.10.2019 Chop etish versiyasi

ShHTga a’zo davlatlar Hukumat rahbarlari kengashining yig‘ilishi oldidan brifing tashkil etildi

ShHTga a’zo davlatlar Hukumat rahbarlari kengashining yig‘ilishi oldidan brifing tashkil etildi

Ayni paytda Pekinda joylashgan Shanxay hamkorlik tashkiloti Bosh kotibiyatida joriy yilning 1-2 noyabr kunlari Toshkentda ShHTga a’zo davlatlar Hukumat rahbarlari (bosh vazirlar) kengashining navbatdagi yig‘ilishi yuzasidan brifing bo‘lib o‘tmoqda. 

Unda ShHT Bosh kotibi Vladimir Norov ushbu muhim tadbir oldidan xorijlik ommaviy axborot vositalari vakillariga axborot bermoqda.

Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilishi tashkilotimiz uchun ShHT Sammitidan keyingi eng muhim tadbirdir. O‘zbekistonlik hamkasblar taklifi bilan tomonlar uning navbatdagi 18-yig‘ilishini 2019 yil 1-2 noyabr kunlari Toshkentda o‘tkazishga kelishib olishdi.

O‘zbekiston poytaxtida ShHTning barcha mamlakatlari bosh vazirlari kelishi kutilyapti. Tadbirga, shuningdek, Tashkilotning kuzatuvchi davlatlari — Afg‘oniston, Belarus, Mo‘g‘iliston va Eron hukumatlari rahbarlari, qolaversa, qator hamkor xalqaro tashkilotlar, ShHTning Banklararo birlashmasi va Ishbilarmonlik kengashi rahbarlari taklif etilgan.

ShHT Kotibiyatining faol ko‘magi va muvofiqlashtirishi ostida Tashkilot davlatlari milliy koordinatorlari Kengashi yo‘nalishida kompleks hamda aniq maqsadga qaratilgan tayyorgarlik ishlari olib borilyapti.

O. Fayziev "Xalq so‘zi"
Pekin

483
O‘zA