O‘zA O`zbek

21.08.2019 Chop etish versiyasi

“Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali matbuot markazi ish boshladi

“Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali matbuot markazi ish boshladi

Qadimiy va hamisha navqiron Samarqandda bu yil o‘n ikkinchi bor o‘tkaziladigan “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali boshlanishiga sanoqli kunlar qoldi.

Ayni paytda shaharda mazkur nufuzli san’at anjumaniga so‘nggi tayyorgarlik ishlari amalga oshirilmoqda. Festival tadbirlari o‘tkaziladigan maskanlar shay holatga keltirildi. Shaharni festival ruhiga mos bezatish ishlari yakuniga yetkazilmoqda.

Bu yilgi festival va uning doirasidagi tadbirlarni yoritish uchun 300 dan ortiq mahalliy ommaviy axborot vositalari xodimlari bilan birga xorijdan ham 150 ga yaqin jurnalist va blogerlar Samarqandga kelish istagini bildirgan.

photo5397745010637646749.jpg

OAV xodimlariga qulaylik yaratish maqsadida, festival haqida tezkor ma’lumot olishlari va almashishlari uchun Samarqand shahridagi yoshlar markazi binosida matbuot markazi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Markaz zarur mebel jihozlari, zamonaviy kompyuter va boshqa aloqa vositalari bilan ta’minlandi. Yuqori tezlikdagi internet tarmog‘i, WiFi qurilmasi o‘rnatildi.

Sharq taronalari PRESSA telegramm kanali tashkil etilib, jurnalistlar uchun tezkor ma’lumot olish va o‘zaro fikr almashishga imkoniyat yaratildi.

Shuningdek, markazdagi “Matbuot oynasi” va katta hajmdagi monitorlar orqali OAV vakillariga muntazam ravishda ma’lumotlar yetkazib turiladi. Bu ma’lumot va xabarlar 8 xorijiy tilda tarqatiladi. Buning uchun markazda malakali tarjimonlar guruhi ham tashkil etildi.

2 764
G‘.HASANOV, O‘zA