O‘zA O`zbek

26.09.2020 Chop etish versiyasi

Sharafli kasb sohibasi

Sharafli kasb sohibasi
1-oktyabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni

Manzila Yodgorova – taʼlim-tarbiya sohasida samarali faoliyat yuritayotgan sharafli kasb egalaridan.

U 12 yildan buyon Buxoro shahridagi 14-umumtaʼlim maktabida ona tili va adabiyoti fanidan yoshlarga saboq beradi. Oʻquvchilarga ona tilimizning oʻziga xos xususiyatlari, tarixi, boy imkoniyatlarini puxta oʻrgatish bilan birga, ularni Vatanga muhabbat, istiqlol gʻoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashga alohida eʼtibor qaratadi.

Muallima shuningdek, maktabda xotin-qizlar raisi sifatida qizlar tarbiyasini oʻz zimmasiga olgan. Oʻquvchi-qizlar bilan muntazam suhbatlar tashkil etib, ularning qiziqishlarini oʻrganadi, kasb-hunarga qiziqtiradi, jamiyatdagi faolligini oshirish uchun zarur tavsiyalar beradi.

–Hozirgi pandemiya davrida biz, oʻqituvchilar zimmasiga yana-da katta masʼuliyat yuklandi, - deydi Manzila Yodgorova. – Masofaviy taʼlim jarayonida har bir oʻquvchining oʻzlashtirish darajasiga qarab, ular bilan alohida ishlashga eʼtibor qaratganmiz. Ilgʻor pedagogik texnologiyalardan, slaydlardan unumli foydalanmoqdamiz.

1 087
Tohir ISTATOV olgan suratlar, OʻzA