O‘zA O`zbek

10.09.2018 15:34 Chop etish versiyasi

Shanxay ayollar federatsiyasi bilan memorandum imzolandi

Shanxay ayollar federatsiyasi bilan memorandum imzolandi
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Oʻzbekiston xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Tanzila Norboyeva Shanxay ayollar federatsiyasi vitse-prezidenti Lyu Sini qabul qildi.

Uchrashuv chogʻida tomonlar xotin-qizlarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, ularni ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish boʻyiicha tajribalar almashdilar.

Uchrashuv yakunida ikki tomon kelgusida oʻzaro manfaatli hamkorlik aloqalarini mustahkamlash maqsadida memorandum imzoladilar.

ef6b188a-fad8-421d-a8e0-03d3f795009a.jpg

OʻzA
1 547