O‘zA O`zbek

08.08.2018 18:06 Chop etish versiyasi

Shahrisabzda “Maqom muzeyi” tashkil etiiladi

Shahrisabzda “Maqom muzeyi” tashkil etiiladi
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida “Maqom muzeyi” faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi Hukumat qarori qabul qilindi.

O‘zbek maqom san’ati mumtoz va zamonaviy ijro namunalarining fondini yaratish hamda muzey ashyolari va kolleksiyalarini ilmiy tatqiq qilish ishlarini kuchaytirish va uning natijalarini e’lon qilib borish muzey faoliyatining asosiy vazifalari sirasiga kiradi.

Muzeyni jihozlash, ekpozitsiyasini yaratish hamda eskiz va loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi hisobidan amalga oshiriladi.

Madaniyat vazirligiga manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda muzeyni uning asosiy vazifalaridan kelib chiqib, maqom san’atiga oid hujjatlar, kino, fono, fotomateriallar va muzey ashyolari bilan ta’minlash vazifasi topshirildi. Bu haqida Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar qilmoqda.

O‘zA
3 605