Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

03.09.2018 16:24 Chop etish versiyasi

Shahrisabz Xalqaro maqom sanʼati anjumaniga tayyor

Shahrisabz Xalqaro maqom sanʼati anjumaniga tayyor
Maʼlumki, Shahrisabz shahrida joriy yilning 6-10-sentyabr kunlari Xalqaro maqom sanʼati anjumani oʻtkaziladi. Ushbu anjumanga 75ta davlatdan xorijiy mehmonlarning tashrifi kutilmoqda.


Albatta, oʻzbek xalqi mehmondoʻst. Shundan boʻlsa kerak, anjumanga tayyorgarlik ishlari yuksak saviyada olib borilmoqda. Xususan, bir necha oylar davomida qurilish, taʼmirlash, obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish kabi tashkiliy ishlar bajarildi. Oqsaroy hududida barpo etilgan 1800 oʻrinli maxsus amfiteatr konsert dasturlarini oʻtkazishga tayyor.

photo_2018-09-02_22-47-42.jpg

Oqsaroyning xalq bilan gavjum koʻchalari bayram shukuhini tarannum etmoqda. Shahrisabz shahriga tashrif buyurgan inson oʻzini goʻyo ertaklar mamlakatida his etishadi. Tabiat qoʻyinida qad roslagan mehmon uylari, yurtimiz tarixi va madaniyatini ifoda etuvchi maxsus sahna qurilmalari, hunarmandchilik mahsulotlari koʻzni quvnatadi.

03.JPG

Har kuni anjuman Ishchi guruhining shtabi turli masalalar yuzasidan muhokamalar olib bormoqdalar, muammoli masalalar shu yerning oʻzida bartaraf etilmoqda.

photo_2018-09-02_22-49-47.jpg

OʻzA
3 274