O‘zA O`zbek

18.03.2020 Chop etish versiyasi

“Shaharsozlik normativlarimiz 20-30 yilga eskirgan” — Qurilish vaziri oʻrinbosari shaharsozlikdagi yangiliklar va tizim haqida

“Shaharsozlik normativlarimiz 20-30 yilga eskirgan” — Qurilish vaziri oʻrinbosari shaharsozlikdagi yangiliklar va tizim haqida

Hozirga qadar qurilish pudrat tashkilotlarining baholash uchun aniq mezonlar mavjud boʻlmagani bois, koʻplab eʼtirozlar bildirilayotgan edi.

Endi bu kabi masalalarga chek qoʻyiladi. Bunda esa kuni kecha imzolangan “Oʻzbekiston Respublikasining qurilish sohasida islohotlarni chuqurlashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” farmon muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan, loyiha-qidiruv hamda qurilish pudrat tashkilotlarining elektron reytingini joriy etish va uni “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi bilan integratsiyalash belgilab berildi.

Xoʻsh, mazkur elektron reytinglarda nimalar aks etadi?

Tashkilotlarning ish tajribasi, malakali mutaxassislar soni, asosiy vositalar hajmi, olingan daromadlar va hatto toʻlangan soliqlargacha boʻlgan koʻrsatkichlar ushbu elektron reytingda jamlanadi. Bunda avvalo xufiyona iqtisodiyotga barham berilsa, inson omilini cheklagan holda sohada korrupsiyaning oldi olinadi.

Work12338.jpg

Shuningdek, qurilishda sifatga boʻlgan koʻplab eʼtirozlar mavjudligini inobatga olgan holda ushbu reytingda pudrat tashkilotlariga tegishli boʻlgan qurilishi tugallangan obyektlar hajmi, shaharsozlik qonunchiligini buzish holatlarini bartaraf etish toʻgʻrisidagi bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalarning mavjudligi va ularning ijrosi kabi koʻrsatkichlar ham aks ettiriladi.

Farmon asosida yuz beradigan yana bir qator yangiliklar haqida Qurilish vazirining birinchi oʻrinbosari Sherzod Hidoyatov maʼlumot berdi.

– Ushbu farmon bilan ilk bora 2028-yil 31-dekabrga qadar maʼlum bir shartlar asosida xorijiy shaharsozlik normativ qoidalarini qoʻllashga ruxsat etilgan, – deydi Sh. Hidoyatov. – Bu borada mahalliy loyiha qidiruv tashkilotlari xorijiy normalarni oʻzimizning iqlim va shu kabi boshqa geografik jihatlarni inobatga olgan holda mahalliylashtirish ishlariga ham alohida eʼtibor qaratishlari zarurligi koʻrsatib oʻtilgan.

Qurilishga oid milliy norma va qoidalarimizni jahon standartlari bilan muvofiqlashtirish, uygʻunlashtirish maqsadida Qurilish vazirligi qoshida Qurilishda texnik meʼyorlash markazi tashkil etiladi. Unda pudrat tashkilotlari, loyiha tashkilotlari, umuman amaliyotda ishlayotgan mutaxassislarni fikrlarini jamlagan holda faoliyatini tashkil etish vazifasi yuklatilmoqda. Bu katta yangilik, albatta.

DJI_0059_edited.jpg

Avvallari vazirlik tizimida mazkur yoʻnalishda faoliyat olib boradigan alohida tashkilotning oʻzi boʻlmagan. Bu borada ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganadigan boʻlsak, masalan, Germaniyada Davlat standartlashtirish instituti, Koreya Respublikasida esa oʻzining maxsus sinov-laborotoriyalariga ega boʻlgan Qurilish texnologiyalari instituti mavjud va eng asosiysi, normativ hujjatlarni texnik kutubxonasi tashkil qilinadi. Mazkur elektron baza nafaqat milliy shaharsozlik normalarini, balki xorijiy ilgʻor tajribani ham oʻzida jamlaydi.

Work12303.jpg

Bu borada albatta koʻplab xalqaro tashkilotlar va xorijiy konsultantlar jalb etish ishlariga ham alohida eʼtibor beriladi. mavjud boʻlsa, ularning 100 dan ortigʻiga 90 yillardan beri hech qanday jiddiy oʻzgartirishlar kiritilmagan. Yaʼni hozirda amaliyotdagi normativlarimiz qariyb 20-30 yilga eskirgan. Shaharsozlik normalarini yangilanishi bu birinchi galda zamonaviy qurilish materiallari, ilgʻor qurilish texnologiyalari va texnikalaridan unumli foydalana olish uchun munosib huquqiy asosdir.

Work12405.jpg

Qayd etish kerakki, bino va inshootlarning energiya samaradorligini oshirishda qoʻl keluvchi bazalt, sunʼiy tolali isitish qurilmalari, issiqlik yetkazib beruvchi tizimlar kabi koʻplab energiyatejamkor qurilish materiallari bor. Ularning energiya samaradorlik darajasi yoki issiqlik oʻtkazuvchanlik xususiyati va boshqa texnik parametrlariga qarab, amalga oshirish zarur boʻlgan chora-tadbirlarni ham normativlar orqali belgilab beradi.

Afsuski, ilgari bino-inshootlarning qurilishida energiya samarador qurilish materiallari bino-inshootlarning loyiha hujjatlarida koʻrsatilishi majburiy boʻlmagan. Endi bunga chek qoʻyildi.

EH6A2995.JPG

Aslini olganda, loyiha-qidiruv hamda qurilish pudrat tashkilotlarining elektron reytingi yuritilishi bu butun jahon miqyosida sinovdan oʻtgan va hozirda keng qoʻllaniladigan amaliyotdir. Buyurtmachi kim boʻlishidan qatʼiy nazar, xoh u davlat korxonasi boʻlsin va yoki yuridik shaxs boʻlsin, unda quruvchi yoki loyihachilarning eng munosibini tanlab olish imkoniyatini yaratadi. Endi duch kelgan odam qurilish ishlariga jalb etilmaydi. Aksincha, buyurtmachi eng yaxshi ijrochini tanlab olganidan keyin, tabiiyki, zaifroq tashkilotlar xam oʻz faoliyatini yuqoriroq darajada rivojlantirishga harakat qila boshlaydilar. Oʻz ustida ishlaydi, moddiy-texnik bazasini yaxshilaydi, kadrlar salohiyatini oshirib boradi.

EH6A0650_edited.jpg

Natijada esa sogʻlom raqobat shakllanib, sifat yaxshilanishiga erishiladi. Shuningdek, joriy etilayotgan reyting tizim tender tizimini shaffofligini taʼminlanishda qoʻl keladi. Joriy yilning 1-yanvardan boshlab davlat xaridlarida ishtirok etishda reytingga kiritilgan va tegishli mezonlar boʻyicha ijobiy koʻrsatkichlarga ega boʻlgan loyha-qidiruv va qurilish pudrat tashkilotlarning dastlabki malakaviy baholashdan oʻtishlari, shuningdek, tanlov (tender) hujjatlarining umumiy va texnik qismlarini taqdim etishlari talab etilmaydi.

Work12414.jpg

Farmon bilan joriy yilning birinchi mayiga qadar kasbga muvofiqlik sertifikatlarini berilishini taʼminlagan holda qurilish sohasi xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash boʻyicha qisqa muddatli oʻquv kurslarini tashkil etish ham belgilangan. Bunda hozirgi kunda qurilish obyektlarida mehnat qilayotgan koʻp sonli yollanma ishchilarni kasbga oid bilim va koʻnikmaga ega boʻlgan malakali kadrlarga aylantirgan holda ularning ish sharoitlarini yaxshilash, mehnat muhofazasini qoidalariga toʻla-toʻkis rioya etilishini taʼminlagan holda ularni munosib oylik maosh bilan taʼminlashni tashkil etish masalalariga ham alohida urgʻu berilgan.

OʻzA muxbiri Sayyora Shoyeva yozib oldi


30 216
O'zA