Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

11.03.2017 11:48 Chop etish versiyasi

Shahar va qishloqlar ko‘rkam qiyofaga kirmoqda

Shahar va qishloqlar ko‘rkam qiyofaga kirmoqda Navro‘z bayrami oldidan tashkil etilgan umumxalq xayriya hashari Samarqand viloyati shahar va qishloqlarida ham yoshu keksa ishtirokida uyushqoqlik bilan o‘tkazilmoqda.

Xalqimizga xos saranjom-sarishtalik, mehr-saxovat belgisi hisoblangan mazkur tadbir erta tongdan barcha hududlarda boshlanib, unda korxona va tashkilotlar ishchi-xizmatchilari, mahallalar ahli, talaba-yoshlar hamda nuroniylar faol qatnashmoqda.

– O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishiga ko‘ra, mart-aprel oylari yurtimizda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish oyligi deb e’lon qilindi, – deydi “Mahalla” xayriya jamoat fondi Samarqand viloyati bo‘limi raisi Sherali Yo‘ldoshev. – Oylik doirasida bugun boshlangan xayriya hasharida 119 mingdan ortiq aholi, jumladan, 64 ming yosh ishtirok etmoqda. Ularning yordamida 114 gektar maydon obodonlashtirildi, 164 kilometrlik ariq-zovurlar tozalandi, 130 ming tupdan ortiq mevali va manzarali daraxt ko‘chati ekildi. Ikki kunlik hashar davomida viloyatimizdagi kam ta’minlangan, ijtimoiy muhofazaga muhtoj oilalar, yolg‘iz keksalar holidan xabar olish, ularning uy-joyini ta’mirlash, hovlilarini obodonlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilangan. Hozirgacha 100 dan ortiq xonadonda bu xayrli yumushga kirishildi.

Viloyatda umumxalq hashari davom etmoqda.

G‘olib Hasanov, Alisher Isroilov (surat), O‘zA
1 910






Все о погоде - Pogoda.uz