O‘zA O`zbek

14.08.2018 20:16 Chop etish versiyasi

“Sevinch” hamon peshqadam

“Sevinch” hamon peshqadam
Futbol bo‘yicha ayollar jamoalari o‘rtasida mamlakat cuperliga XXIV chempionatining 16-tur o‘yinlari nihoyasiga yetdi.

Toshkent viloyati Qibray tumanidagi markaziy stadionda Toshkentning “Paxtakor W” hamda Andijonning “Andijanka” jamoalari uchrashdi.

Qiziqarli kechgan o‘yinda andijonlik qizlar g‘alabaga erishdi: “Paxtakor W”-“Andijanka” - 0:1. Ushbu muvaffaqiyatdan so‘ng 7-o‘rinda borayotgan andijonliklar 6-o‘ringa chiqib oldi.

Turnirda hamon peshqadamlik qilib kelayotgan Qarshining “Sevinch” jamoasi bu turda Jizzaxning “So‘g‘diyona W” klubini qabul qildi va 2:0 hisobida ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Guruhda karvonboshilik qilayotgan qarshilik qizlar hisobida 43 ochko bor. 2-o‘rinda borayotgan “Bunyodkor W” “Navbahor W” mehmoni bo‘lib, mezbonlar darvozasiga javobsiz 7 ta gol urdi:

“Navbahor W” - “Bunyodkor W” - 0:7. Bu g‘alaba toshkentliklarga ochkolarini 42 taga yetkazish imkonini berdi. 3-o‘rinni band etib turgan “Metallurg W” jamoasi ham mehmonda g‘alaba nashidasini surdi: “Neftchi W”-“Metallurg W” - 1:8. Bekobodlik qizlar hisobida 37 ochko bor.

Navbatdagi tur o‘yinlari 26 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

8.jpg

9 (1).jpg

10.jpg


Muhammad Amin (surat) O‘zA
1 968