O‘zA O`zbek

21.05.2020 Chop etish versiyasi

Senat raisi nega Kattaqoʻrgʻonga bordi?

Senat raisi nega Kattaqoʻrgʻonga bordi?

Joriy yilning 13-may kuni oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida davlatimiz rahbari pandemiya sharoitida Samarqand viloyatini iqtisodiy rivojlantirish, jumladan Kattaqoʻrgʻon shahrida amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalarga toʻxtalgan edi.

Shundan soʻng respublika vazirlik va idoralari, davlat qoʻmitalari masʼullaridan iborat ishchi guruh Kattaqoʻrgʻonga kelib, shaharda aholi bandligini taʼminlash, tadbirkorlikni rivojlantirish va kambagʻallikni qisqartirish boʻyicha dastur loyihasini ishlab chiqdi.

Bugun Kattaqoʻrgʻonga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Norboyeva tashrif buyurdi. Senat raisi ishchi guruhi tomonidan oʻrganilgan obyektlarda boʻldi.

photo_2020-05-21_21-49-56.jpg

Kattaqoʻrgʻon shahar hokimi Gavhar Alimova Respublika Prezidenti bilan boʻlgan muloqotda shaharda ikkita institut tashkil etish taklifini ilgari surgan edi. Pedagogika yoʻnalishidagi oliygoh tashkil etish uchun sobiq akademik litsey binosi tavsiya etildi. Mazkur bino oʻquv korpusi, kutubxona, talabalar turar-joyi va sport maydonchasidan iborat kompleks majmua boʻlib zamonaviy talablarga javob beradi.

Shuningdek, transport kolleji oʻrnida shu nomdagi qurilish va transport sohasida oliy oʻquv yurti tashkil etish moʻljallanyapti.

Tanzila Norboyeva shahardagi “Yogʻ-moy” aksiyadorlik jamiyatini borib koʻrdi.

Dasturga binoan jamiyatga tutash boʻsh yer maydonida kichik sanoat zonasi bunyod etish rejalashtirilmoqda.

photo_2020-05-21_21-50-04.jpg

Tanzila Norboyeva shuningdek, Davlatobod koʻchasi atrofida quriladigan koʻp-qavatli uylar reja-loyihasi bilan tanishdi.

Maʼlumot oʻrnida shuni aytish lozimki, Kattaqoʻrgʻon shahrini rivojlantirish boʻyicha 8 ta yoʻnalishni qamrab olgan ishchi guruhlari tuzilgan edi.

Bular shaharni rivojlanishini rejalashtirish va hududini kengaytirish imkoniyatlari, aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va ishlab chiqarish korxonalarining faoliyati samaradorligini oshirish, Investitsiyalarni jalb qilish va oʻzlashtirish, Oziq-ovqat xavfsizligi va oziq-ovqat mahsulotlari narxlari oʻsishining oldini olish, davlat byudjeti ijrosini taʼminlash va daromadlar manbalarini kengaytirish masalalari hamda madaniyat, sport, taʼlim kabi iqtisodiy ijtimoiy mavzulardagi yoʻnalishlarni oʻz ichiga oladi.

photo_2020-05-21_21-50-17.jpg


3 449
Gʻ.HASANOV, OʻzA