O‘zA O`zbek

08.08.2018 20:11 Chop etish versiyasi

Senat qo‘mitasi jamoatchilikka hisobot berdi

Senat qo‘mitasi jamoatchilikka hisobot berdi O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Suvon Meliyev 60 mingdan ziyod kitob to‘plagan. Hovlisiga tutash bo‘lgan 2 sotixli yer tashlandiq holda. Gap shundaki, ma’naviyat fidoyisi tashlandiq bu yerda xalq kutubxonasini qurishni, unda yoshlar uchun bepul ijodiy to‘garaklar tashkil etishni, ijodiy suhbatlar, mashg‘ulotlar o‘tkazishni maqsad qilgan. Bu borada Oliy Majlis Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasiga murojaat qilib, amaliy yordam so‘ragan...

Bu haqda mazkur qo‘mita tomonidan O‘zbekiston Milliy matbuot markazida o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytildi.

Joriy yilning birinchi yarmida qo‘mita tomonidan 4 mingga yaqin fuqaro qabul qilindi, 800 ga yaqin uchrashuvlar o‘tkazildi, 500 dan ziyod fuqaroning murojaati o‘rganildi. To‘y-hashamlarni qonuniy jihatdan tartibga solish, harbiy qismlarda kitob targ‘iboti yuzasidan davra suhbatlari, seminarlar tashkil etildi.

Matbuot anjumanida O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonunining Toshkent shahridagi ijrosini o‘rganish qo‘mitaning joriy yildagi asosiy vazifalaridan biri ekani aytildi.

...Qo‘mita mas’ullari Suvon Meliyevning murojaati va shu singari xalq manfaati yo‘lidagi takliflar qo‘llab-quvvatlanishi, amaliy yordam ko‘rsatilishini ta’kidladi.

Mohigul Qosimova, O‘zA
2 769