O‘zA O`zbek

26.09.2020 Chop etish versiyasi

Seminar karantin qoidalariga toʻla amal qilingan holda davom etmoqda

Seminar karantin qoidalariga toʻla amal qilingan holda davom etmoqda

Chirchiq tumanida joylashgan “Boʻston” sihatgohida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi huzuridagi “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyatining hududiy boʻlim rahbarlari uchun tashki etilgan oʻquv~seminari davom etmoqda.

Bugun seminarning uchinchi kuni. Har bir kun seminar ishtirokchilari uchun alohida mezonlar asosida tashkil etilmoqda. Sport mashgʻulotlari, qiziqarli bahslarga boy debatlar, sahna tomoshalari, qiziqarli darslar oʻtilmoqda. Eng muhimi, jarayonlar karantin talablariga toʻla amal qilingan holda tashkil etilmoqda.

–Oʻquv-seminarining har bir kunidan unumli foydalanishga harakat qilyapmiz, –deydi Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi huzurida “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati boʻlim boshligʻi Oybek Oʻrazaliyev. – Har kuni xodimlarimizga darslar sifati va yana qanaqa mavzularga qiziqishini soʻrayapmiz. Shunga qarab qoʻshimcha master-klasslar tashkil qilyapmiz. "Mehnat faoliyati jarayonida oʻzbek tili meʼyor qoidalariga amal qilish boʻyicha tavsiyalar olishmoqda. Maʼlumotlarni OAV va ijtimoiy tarmoqlarda yoritishning zamonaviy usullari haqida bilim va koʻnikmalarini oshirishmoqda. Xullas,ularning vaqtlari besamar ketmayapti.

Seminar yana ikki kun davom etadi. Faol ishtirok etgan hududiy boʻlim rahbarlari tashkilotchilar tomonidan esdalik sovgʻa va sertifikat bilan taqdirlanadi.

724
D.Mamatova, OʻzA