O‘zA O`zbek

23.05.2020 Chop etish versiyasi

Sement importiga ruxsat etildi

Sement importiga ruxsat etildi

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-maydagi 309-son qarori qabul qilindi.

Respublikada amalga oshirilayotgan qurilish ishlarini taqchil qurilish materiallari bilan uzluksiz taʼminlash maqsadida qabul qilingan ushbu qaror bilan karantin davrida joriy etilgan muayyan cheklov bekor qilinmoqda.

Xususan, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qurilish vazirligi va “Oʻzsanoatqurilish materiallari” uyushmasining 2020-yilning 23-mayidan mamlakatimizga sement olib kelinishini tiklash toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilmoqda.

Davlat bojxona qoʻmitasiga tadbirkorlik subyektlari tomonidan import boʻyicha sement olib kirishda zarur hujjatlarning tezkor rasmiylashtirilishini taʼminlaydi.

Avvalroq, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-apreldagi 246-son qaroriga muvofiq mamlakatimizga sement importi vaqtincha toʻxtatilgan edi.

832
O'zA