Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

14.03.2018 18:15 Chop etish versiyasi

Sektorlar o‘zini oqlayaptimi?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-avgustda “Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga doir ustuvor chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha yangicha tizim – sektorlar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan edi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, tumanlar, shaharlar hududlari tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar (shaharlar) hokimlari, prokuratura, ichki ishlar va davlat soliq xizmati hududiy organlari rahbarlari boshchilik qilayotgan kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha mazkur 4 ta sektorning o‘tgan yildagi faoliyati samarali bo‘ldi, deyish mumkin.

Sektorlar rahbarlari tomonidan o‘tgan yilda 3,5 million oiladagi holat o‘rganildi. O‘rganish natijalarida 359 mingdan ortiq muammo aniqlandi. E’tiborlisi, ularning 67 foizi joyida hal etildi. Hal etilishi murakkab bo‘lgan muammoli masalalar “yo‘l xaritalari”ga kiritilib, nazoratga olindi.

Farhod Erkinov, O‘zA
4 039