O‘zA O`zbek

29.03.2020 Chop etish versiyasi

Sektor rahbarlari qurbonlik qildi

Sektor rahbarlari qurbonlik qildi

Urgut tumanidagi Chor-chinor, Gʻavsul Aʼzam, Shirvoq ota ziyoratgohlarida va Mergancha mahallasidagi yangidan qurilayotgan masjidda tumandagi 4 ta sektor rahbarlari ishtirokida qurbonliklar qilinib, mahallalardagi 150 ga yaqin kam taʼminlangan, boquvchisini yoʻqotgan va ehtiyojmand oilalarga tarqatildi.

Tuman hokimligi axborot xizmatining maʼlum qilishicha, bir guruh tadbirkorlar, saxovatli kishilar tomonidan tuman markaziy shifoxonasi va dehqon bozorida aholiga 10 ming donadan ortiq tibbiy niqob tarqatildi.

961
Gʻ.HASANOV, OʻzA