O‘zA O`zbek

07.11.2019 Chop etish versiyasi

Schwäbische zeitung: O‘zbekistonga sayohat –Markaziy Osiyo xalqlari tarixi va madaniy merosi bilan yaqindan tanishish imkonini beradi

Schwäbische zeitung: O‘zbekistonga sayohat –Markaziy Osiyo xalqlari tarixi va madaniy merosi bilan yaqindan tanishish imkonini beradi

Germaniyaning Baden-Vyurtemberg federal o‘lkasi “Schwäbische Zeitung” kundalik gazetalardan birida germaniyalik jurnalist Rayner Hambergerning O‘zbekistonga sayohatidan olgan taassurotlari haqida maqola e’lon qilindi.

Safardan so‘ng u Shvabenland klinikasining ma’ruzalar zalida taqdimot uyushtirib, tinglovchilarga o‘z tarixiy merosi va sharqona jozibasini saqlab qolgan zamonaviy Ipak yo‘li haqida so‘zlab berdi.

“Dunyo” axborot agentligi muxbirining ma’lum qilishicha, jurnalist tinglovchilarga Markaziy Osiyo xalqlarining o‘ziga xos madaniyati, rang-barang tabiiy landshafti va o‘zbekona mehmondo‘stlik to‘g‘risida gapirib bergan.

Maqolada shunday deyiladi: “Jahon madaniy merosi maqomiga ega mamlakatning ulug‘vor me’moriy yodgorliklarining ulug‘vorligi va betakror go‘zalligi, mahalliy bozorlari – sarxil mevalar, xushbo‘y ziravorlar, mazali taomlar, shuningdek, mahalliy hunarmandlarning ijod namunalari kishini bilan hayratga soladi”.

U o‘z hikoyasida, shuningdek, chet ellik sayyohlar uchun yaratilgan sharoitlar, transport va mehmonxona infratuzilmasi,a sayyohlik xizmatlari haqida ham ma’lumot berib o‘tgan.

“Buyuk ipak yo‘li bo‘ylab, ayniqsa, O‘zbekistonga sayohat qilish Markaziy Osiyoning madaniy, tarixiy va me’moriy merosi bilan yaqindan tanishish imkonini beradi“, deya xulosa qiladi Rayner Hamberger.

469
O‘zA