O‘zA O`zbek

26.09.2020 Chop etish versiyasi

Sayyor qabulda murojaatlar soni ikki yuzdan oshdi

Sayyor qabulda murojaatlar soni ikki yuzdan oshdi

Buxoro viloyati hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi Farhod Umarov sayyor qabul oʻtkazdi.

Buxoro shahardagi Markaziy madaniyat va istirohat bogʻida tashkil etilgan sayyor qabulda sektorlar rahbarlari, viloyat hokimi oʻrinbosarlari, tashkilot, muassasa rahbarlari va ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.

Viloyat rahbariga fuqarolar tomonidan kommunal soha, bandlikni taʼminlash, qishloq infratuzilmasini yaxshilash, bank krediti, uy-joy uchun yer ajratish, uy-joyni kadastrdan oʻtkazish, ichki yoʻllarni taʼmirlash va boshqa masalalar boʻyicha murojaatlar boʻldi.

photo_2020-09-25_14-51-30.jpg

Sayyor qabulda murojaatlar soni ikki yuzdan oshdi. Har bir murojaat diqqat bilan eshitilib, oʻrtaga tashlangan masalalarni oʻz oʻrnida, qoʻshimcha oʻrganish talab etadigan muammolarni qisqa fursatda hal etish choralari koʻrildi.

– Ayni kunda ishsizman, – deydi fuqaro Maqsad Rahmonova. – Mazkur masalada mutasaddilarga murojaat qildim. Murojaatim joyida hal etildi. “Ziyo Teks” ishlab chiqarish korxonasiga ishga qabul qilindim. Yaqinda ishga chiqishim boʻyicha korxonaning buyrugʻi qabul qilindi. Oylik maoshim 700 ming etib belgilandi. Doimiy ishim, daromadim boʻlayotganidan xursandman.

805
Zarif Komilov, Tohir Istatov(surat), OʻzA