O‘zA O`zbek

09.11.2018 09:49:23 Chop etish versiyasi

Sayyohlar uchun maʼlumot markazlari soni oshmoqda


Sayyohlarga zamon talablari darajasida xizmat koʻrsatish va xizmatlar sifatini yanada yaxshilash maqsadida Xorazm viloyati Turizmni rivojlantirish departamenti tomonidan tizimli ishlar davom ettirilmoqda, deya xabar bermoqda Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi matbuot xizmati. Yangidan qurib foydalanishga topshirilayotgan Xiva vokzalida ham mehmonlar uchun maʼlumotlar markazi tashkil qilindi.

Endilikda vohaga tashrif buyuruvchi sayyohlar vokzal hududida turib oʻzlari uchun zarur boʻlgan aviachiptalar, temir yoʻl biletlari narxlari va ularga buyurtma qilish, mehmonxonalar haqida toʻliq maʼlumot olish va band qilish, restoran, kafe, barlar va ularda tashkillashtirilgan xizmat turlari, Xiva va Urganch shaharlarining turistik xaritalari, taksi chaqirish xizmatlari, mototransport vositalarini ijaraga olish, gid ekskursovod xizmatlaridan foydalanish va viloyatda oʻtkaziladigan madaniy koʻngilochar tadbirlar haqidagi maʼlumotlarni oʻzbek, ingliz va rus tillarida malakali mutaxassislardan olishlari mumkin.