O‘zA O`zbek

03.04.2019 11:57:13 Chop etish versiyasi

Sayyohlar oqimiga taksichilar qanchalik ta’sir qiladi?


O‘zbekiston xalqaro aeroportida tashrif buyurgan mehmonlarga peshvoz chiquvchi taksichilarning madaniyatsizligi, Mehmonlarga qo‘pollik bilan tashlangudek bo‘lib yopishishi, kirakashlarning bir-birlari bilan mijoz talashishlari tanqid qilindi.

“Nega oddiygina tozalovchilar ham maoshidan soliq to‘laydi-yu, Lasetti haydayotgan taksichi (kirakash) soliq to‘lashdan bosh tortadi”, deydi xalqaro press-klub moderatori Sherzod Qudratxo‘jaev.

Toshkentda taksichilar mijozning shaxsiyatiga bog‘liq savollarga ko‘mib tashlashi ham xorijiy mehmonlar tomonidan internetda tanqid qilingani aytildi.

Anjuman qatnashchilarining fikricha, aeroport yurtimiz darvozasi va u yerda mehmonlar duch keladigan taksichilarda madaniyat bo‘lishi kerak.