O‘zA O`zbek

06.11.2019 Chop etish versiyasi

“Saylovda qatnashish – har bir fuqaroning siyosiy huquqidir”

“Saylovda qatnashish – har bir fuqaroning siyosiy huquqidir”

Davlat aktivlarini boshqarish agentligida siyosiy partiyalar vakillari bilan oʻtkazilgan davra suhbati ayni shu mavzuda boʻldi.

Unda Agentlik markaziy apparati rahbarlari va tarkibiy tuzilmalari xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirdan koʻzlangan maqsad targʻibot va tashviqot ishlari orqali agentlik xodimlarining saylov jarayonida faolligini oshirish, ularning siyosiy bilim darajasini yuksaltirishdir.

Tadbirda dastlab, mamlakatimizda saylov qonunchiligida olib borilayotgan islohotlar haqida soʻzlab berildi.

Shuningdek, xalqaro huquqda umumeʼtirof etilgan, Oʻzbekistonning milliy manfaatlari va qadriyatlariga zid boʻlmagan normalarning milliy qonunchiligimizda aks etganligi koʻplab misollar orqali tushuntirildi.

Shundan soʻng, siyosiy partiyalarning saylovoldi dasturlari, unda qaysi yoʻnalishlarga eʼtibor qaratilishiga keng oʻrin berildi. Soʻz olganlar elektorat manfaatlaridan kelib chiqib, oʻz oldilariga qoʻygan maqsad va vazifalari haqida soʻzlab berishdi. Uchrashuvda faqatgina Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasidan vakil ishtirok etmadi.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi
Axborot xizmati.

460
OʻzA