O‘zA O`zbek

09.10.2019 Chop etish versiyasi

Saylovchilar siyosiy partiyalardan aniq va qat’iy takliflar, tashabbuslar kutmoqda

Saylovchilar siyosiy partiyalardan aniq va qat’iy takliflar, tashabbuslar kutmoqda

Nukus shahridagi “Istiqlol” bolalar dam olish bog‘ida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining saylovoldi targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi. Partiya saylovoldi tadbirlarni, aholi bilan uchrashuvlarni butunlay yangicha shaklda qilishga intilmoqda. Xususan, targ‘ibot tadbirlarini zerikarli, bir tomonlama ma’ruza shaklida tashkil etishdan voz kechib, erkin muloqot va fikr almashish usulida o‘tkazishga jazm qildi.

“Ishonchli ijtimoiy himoya - barqarorlik tayanchi!” shiori ostidagi targ‘ibot tadbiri rasmiyatchilikdan xoli tarzda ochiq maydonda o‘tdi. Partiya vakillari, birinchi navbatda, davlat va jamiyatning manzilli ijtimoiy himoyasiga muhtoj aholi vakillari manfaatini ifoda etishi, ijtimoiy tenglik va adolat, ijtimoiy birdamlik, ijtimoiy demokratiya g‘oyalari uchun kurashishini ta’kidladi.

-Bu yilgi saylov xalqimizning kayfiyati va islohotlarga ishonchi ortib borayotgan butunlay yangicha muhitda, yangicha huquqiy sharoitda o‘tadi. Shuning uchun saylovchilar siyosiy partiyalardan qat’iy taklif va tashabbuslar kutyapti. Asosiysi, yoshlar mamlakatimizdagi siyosiy jarayonlarga befarq emas. Bugungi tadbir yangicha shaklda o‘tib, har xil viktorina va lotereya o‘yinlari tashkil etilishi ishtirokchilarni zeriktirmadi, - deydi O‘zbekiston XDP Nukus shahar kengashi raisi Nurlan Kishanov.

Targ‘ibot tadbiri doirasida san’atkorlar ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

1 252
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA