O‘zA O`zbek

04.12.2019 Chop etish versiyasi

Saylovchilar deputatlikka nomzodga oʻz takliflarini aytdi

Saylovchilar deputatlikka nomzodga oʻz takliflarini aytdi

Mamlakatimizda 22-dekabr kuni oʻtkaziladigan saylovlar oldidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzodlar oʻz saylovoldi tashviqotini amalga oshirmoqda.

Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi tomonidan 71-Qoratepa saylov okrugidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod etib koʻrsatilgan Gʻ.Hasanov 4-dekabr kuni Urgut tumanining Mangitobod mahallasida saylovchilar bilan uchrashdi.
Tadbirda nomzodning tarjimayi holi va mehnat faoliyati, saylovoldi dasturi haqida maʼlumot berildi.

Partiya va nomzodning dasturida barcha sohalarda milliy manfaatlarni himoyalash, barqaror milliy iqtisodiy rivojlanishga qaratilgan qonunchilik tashabbuslarini ilgari surish, soliq amnistiyasi eʼlon qilinishini qoʻllab-quvvatlash, uzluksiz tarbiya tizimini yaratish va yuksak maʼnaviyatli, vatanparvar avlodni shakllantirish, maktabgacha taʼlim muassasalari tarmogʻini kengaytirish, ilm-fan va taʼlim sohasini tubdan isloh qilish, oʻqituvchi va tibbiyot xodimlari maqomini oshirish, ularning ijtimoiy muhofazasini kuchaytirish kabi ustuvor maqsadlar belgilangani qayd etildi.

Uchrashuvda saylovchilar maktablar moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, hudud aholisini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash, qishloqda maktabgacha taʼlim muassasasi tashkil etish boʻyicha oʻz takliflarini bildirdi.

1 879
OʻzA