O‘zA O`zbek

10.10.2019 Chop etish versiyasi

Saylov okruglari tashkil etildi

Saylov okruglari tashkil etildi
Saylov – 2019

Joriy yil dekabr oyida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlarga boʻlib oʻtadigan saylovlarga Andijon viloyatida ham qizgʻin tayyorgarlik koʻrilmoqda.

Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlariga saylov oʻtkazuvchi viloyat, tuman, shahar saylov komissiyalari qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksining tegishli moddalariga asosan viloyat Kengashiga saylov oʻtkazuvchi 60, tuman, shahar Kengashlariga saylov oʻtkazuvchi 451 saylov okrugi tashkil etildi.

Mahalliy matbuot nashrlarida saylov okrug va uchastkalarining hududlari, saylovchilar soni eʼlon qilindi.

– Saylov okruglarini tuzish, hududlar va saylovchilar sonini aniqlash Oʻzbekiston Respublikasining Saylov kodeksida belgilangan tartiblar asosida amalga oshirildi, – deydi viloyat saylov komissiyasi raisi Furqatbek Buzrukov. – Umuman, saylov bilan bogʻliq jarayonlar, qabul qilinadigan qaror va boshqa huquqiy asoslar qonuniy, demokratik tamoyillar asosida boʻlishi toʻla taʼminlanmoqda.

344
F.UBAYDULLAYEV, OʻzA