O‘zA O`zbek

19.09.2018 Chop etish versiyasi

Sayilgoh koʻchasida “Oʻzbekiston sovgʻalari” birinchi respublika koʻrgazma-savdosi

Oʻzbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi tashabbusi bilan joriy yilning 22-23 sentyabr kunlari Toshkent shahridagi Sayilgoh koʻchasida “Oʻzbekiston sovgʻalari” birinchi respublika koʻrgazma-savdosi tashkil etiladi.

Unda siz yurtimiz hunarmandlarining qoʻl mehnati asosida yaratilgan eng noyob asarlarini tomosha qilish va sotib olish bilan birga oʻzingiz istagan hunarmandchilik buyumlarini yasashda bevosita ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻlasiz.

Saytimizni kuzatib boring.

2 071
OʻzA