O‘zA O`zbek

24.09.2020 Chop etish versiyasi

Saxovatpesha insonlar munosib taqdirlandi

Saxovatpesha insonlar munosib taqdirlandi

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashida pandemiya sharoitida aholining kam taʼminlangan qatlamini ijtimoiy qӱllab-quvvatlash, ularga begʻaraz yordam kӱrsatishda ezgu ishlari bilan barchaga oʻrnak boʻlgan turli soha vakillariga “Mehr-saxovat” koʻkrak nishonini topshirish marosimi bӱlib oʻtdi.

Tadbirda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi ӱrinbosari, Mahalla va oilalarni qӱllab-quvvatlash vaziri S.Turmanov yigʻilganlarni sinovli kunlarda bunday ezgu ishlarda faol ishtiroki uchun minnatdorlik bildirdi.

Taʼkidlanganidek, global pandemiya hamda turli tabiiy ofat va favqulodda holatlarga qarshi kurashda, ularning oqibatlarini bartaraf etishda mardlik va jasorat namunasini koʻrsatgan yurtdoshlarimizni taqdirlash maqsadida Davlatimiz rahbarining 2020-yil 26-maydagi “Mehr-saxovat” koʻkrak nishonini taʼsis etish tӱgʻrisida”gi qarori qabul qilingan edi.

El-yurtimiz boshiga tushgan sinovli kunlarda, mehr-oqibat, saxovat kabi xalqimizga olijanoblik fazilatlarini namoyon etgan bir guruh qoraqalpogʻistonliklar ham mazkur koʻkrak nishoniga munosib, deb topildi.

Tadbirda koʻkrak nishonlari ӱz egalariga tantanali ravishda topshirildi.

Mukofotlanganlar nomidan respublika yuqumli kasalliklar shifoxonasi bosh shifokori B.Jumaniyazov, ushbu shifoxonaning diagnostika bӱlimi mudirasi G.Jumanova va boshqalar aholi salomatligini muhofaza qilish va ularni ijtimoiy qӱllab-quvvatlashdagi kamtarona mehnatini yuksak eʼtirof etgani uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirdi.

– Pandemiya sharoitida sogʻliqni saqlash xodimlari kasallikka chalingan bemorlarni aniqlash va ularni davolashda fidokorona mehnat qildi, – deydi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi virusologiya laboratoriyasi laboranti Gulxaticha Ӱrinboyeva. – Bu mukofot mamlakatimizda joriy etilgan karantin qoidalarini aholi ӱrtasida keng targʻib qilish, koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olishda har birimizga yana-da masʼuliyat yuklaydi.

1 301
Dovud ABIBULLAYEV, OʻzA