O‘zA O`zbek

23.05.2020 Chop etish versiyasi

SAXOVAT VA KOʻMAK: Olmaliqdagi 768 oilaga xayriya mablagʻi yetkazildi

SAXOVAT VA KOʻMAK: Olmaliqdagi 768 oilaga xayriya mablagʻi yetkazildi

Maʼlumki, USM Holdings asoschisi A.Usmonov xayriya qilgan mablagʻ “Saxovat va koʻmak” umumxalq harakati doirasida ijtimoiy himoyaga, koʻmakka muhtoj har bir oilaga 2,5 million soʻmdan “Milliy bank” AJ tomonidan ochilgan plastik kartochkalarga tushirilgan holda berilmoqda.

“Mahalla” xayriya jamoat fondi, mahalla fuqarolar yigʻinlari xodimlari bilan birgalikda Toshkent viloyati Olmaliq shahridagi 44 mahallada ijtimoiy himoyaga muhtoj 768 oila roʻyxati shakllantirilgan edi. Ramazon hayiti arafasida ushbu oilalarning har biriga 2,5 million soʻmdan xayriya mablagʻlari yetkazib berildi.

Qadriyatlarimizga asoslangan xayriya aksiyasi koʻmakka muhtoj yurtdoshlarimiz ogʻirini yengil qilyapti. Xayriya mablagʻlarini manzilli tarqatish esa davom etmoqda.

1 194
OʻzA