O‘zA O`zbek

01.05.2020 Chop etish versiyasi

SAXOVAT VA KOʻMAK: ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar aniqlanmoqda

SAXOVAT VA KOʻMAK: ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar aniqlanmoqda

Mamlakatimizda koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish va boshqa global xavf-xatarlar davrida xalqimizning tarixiy va maʼnaviy qadriyatlari, mehr-saxovat, oqibat va himmat kabi yuksak fazilatlarini namoyon etuvchi “Saxovat va koʻmak” umumxalq harakati boshlandi.

Shu savobli harakat sababli aholini samarali ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash ishlari tashkil etilmoqda.

photo_2020-05-01_19-06-40.jpg

Bugungi kunda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar hamda tuman, shahar xalq deputatlari Kengashlari tomonidan “Mahalla” fondi respublika boshqaruvi, fondning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻlimlari, tuman (shahar) boʻlinmalari huzuridagi “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasiga kelib tushgan mablagʻlar maqsadli yoʻnaltirilmoqda.

Hozirda mahallalardagi aholining yordamga va koʻmakka muhtoj qatlamlarini aniq, manzilli asosda qoʻllab-quvvatlash maqsadida 5874 ijtimoiy himoyaga muhtoj oilaga 2 milliard 264 million soʻmdan ziyod moddiy yordamlar ajratish va kundalik isteʼmol oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash boʻyicha qarorlar qabul qilindi. 

photo_2020-05-01_19-06-36.jpg

Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga manzilli va maqsadli yordamlar masʼul mutaxassislar tomonidan ularning xonadonlariga yetkazib berildi.

Eslatib oʻtamiz, telegram messenjerida @svak_bot ishga tushirildi. Shu bot orqali “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasiga tegishli maʼlumotlar, tuman, shahar boʻlinmalar hisobraqamlari bilan tanishish mumkin.

“Mahalla” xayriya jamoat fondi

2 536
OʻzA