O‘zA O`zbek

01.08.2020 Chop etish versiyasi

SAXOVAT VA KOʻMAK: chirchiqlik ehtiyojmand oilalarga moddiy yordam koʻrsatildi

SAXOVAT VA KOʻMAK: chirchiqlik ehtiyojmand oilalarga moddiy yordam koʻrsatildi

Toshkent viloyati Chirchiq shahridagi 422 ehtiyojmand oilaga ajratilgan moddiy yordam pullari Qurbon hayiti kunlari oʻz egalariga yetkazildi.

Shuningdek, bayram munosabati bilan Chirchiq shahar sektor rahbarlari, shahar deputatlari Kengashi hamda saxovatpesha tadbirkorlar bilan birgalikda jonliq soʻyildi va kam taʼminlangan, ehtiyojmand oilalardan xabar olindi. Xususan, Chirchiq shahrining 4- kichik nohiyasida tadbirkorlik qilayotgan Erjan Nishonqulov ham qoʻy soʻyib, kam daromadli oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari ulashdi.

Shu kuni mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi tomonidan shahar deputatlari Kengashi bilan birgalikda, karantin talablariga rioya qilingan holda, kam taʼminlangan, ehtiyojmand oilalarga osh tarqatildi.

2 554
OʻzA