O‘zA O`zbek

21.05.2020 Chop etish versiyasi

SAXOVAT VA KOʻMAK: Alisher Usmonovning xayriya mablagʻi yurtdoshlarimizga yetkazilyapti

SAXOVAT VA KOʻMAK: Alisher Usmonovning xayriya mablagʻi yurtdoshlarimizga yetkazilyapti

Yurtimizda karantin davrida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini, koʻp bolali oilalarni, nogironligi boʻlgan shaxslarni, yolgʻiz keksalarni va oʻz daromadini yoʻqotgan vaqtincha ishsiz fuqarolarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasiga USM Holdings asoschisi Alisher Usmonov tomonidan 5 million AQSH dollari miqdorida xayriya mablagʻi oʻtkazilgani haqida xabar qilingan edi.

Bu mablagʻ Andijon, Namangan, Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahar hokimliklari tomonidan taqdim etilgan roʻyxat asosida 19 mingdan ziyod fuqaroga 2,5 million soʻmdan boʻlib berilmoqda.

photo_2020-05-21_21-58-01.jpg

“Milliy bank” AJ tomonidan ochilgan bank plastik kartochkalariga tushirilgan pullar berilishi boshlangan dastlabki ikki kunda Toshkent shahrida yashovchi 400 fuqaroga yetkazilgan. Shuningdek, Andijon viloyati Asaka tumanidagi 74 va Marhamat tumanidagi 48 mahallada yashovchi 2000, Namangan viloyati Chust tumanidagi 70, Namangan tumanidagi 54 mahalladan 1000, Namangan shahridagi 102 mahalladan 3000, Toshkent viloyati Olmaliq shahridagi 7 mahalladan 200 fuqaroga berilgan pullar ularning ogʻirini yengil qilishi shubhasiz.

“Mahalla” xayriya jamoat fondidan maʼlum qilinishicha, xayriya mablagʻlarining manzilli tarqatilishi davom etmoqda.

photo_2020-05-21_21-58-10.jpg

3 583
OʻzA