O‘zA O`zbek

22.05.2020 Chop etish versiyasi

SAXOVAT VA KOʻMAK: Alisher Usmonov xayriyasi aholiga yetkazilmoqda

SAXOVAT VA KOʻMAK: Alisher Usmonov xayriyasi aholiga yetkazilmoqda

Namangan shahrida yashovchi D.Qosimov 2-guruh nogironi, 2 nafar voyaga yetmagan farzandi bor. Rafiqasi uy bekasi, roʻzgʻor D.Qosimovning nogironlik nafaqasi hamda farzand tarbiyasi uchun olayotgan nafaqa puli hisobiga taʼminlanadi. Bu mablagʻlar roʻzgʻor uchun birda yetsa, birda yetmaydi. Bugun ular koʻrsatilgan saxovat va koʻmakdan mamnun.

Gap shundaki, USM Holdings asoschisi Alisher Usmonov “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasiga 5 million AQSH dollari miqdorida xayriya mablagʻi ajratgan edi. Bu xayriya pullarni Andijon, Namangan, Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahar hokimliklari tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj, koʻp bolali, nogiron, yolgʻiz keksalar, hozirda vaqtincha daromadini yoʻqotgan ishsiz fuqarolarga yetkazish ishlari davom etmoqda.

photo_2020-05-22_21-05-32.jpg

photo_2020-05-22_21-05-47.jpg

“Mahalla” xayriya jamoat fondi va mahalla fuqarolar yigʻinlari xodimlari Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi 63 mahallada yashovchi 1515 fuqaroga “Milliy bank” aksiyadorlik jamiyati tomonidan ochilgan bank plastik kartochkalariga oʻtkazilgan 2,5 million soʻmdan xayriya pullarini yetkazib berdi.

Namangan viloyatidagi 5000 oila uchun ham 12 milliard 500 million soʻm miqdorida xayriya puli ajratildi. Ushbu mablagʻlar viloyatning Namangan shahridagi 3000, Namangan va Chust tumanlaridagi 2000 kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlar uchun yoʻnaltirilishi koʻzda tutilgan. Bugun shu pullar oʻz egalariga topshirildi.

photo_2020-05-22_21-05-07.jpg

photo_2020-05-22_21-05-12.jpg

– Boquvchimizni yoʻqotganmiz, toʻrt nafar voyaga yetmagan farzandim bor, – deydi Namangan tumani “Toʻsar” mahalla fuqarolar yigʻini Gʻallakor koʻchasida yashovchi Hidoyat Shoyimova. – Taqdirimdan nolimayman. Ammo yaxshi insonlar borligi uchun doim shukrona keltiraman. Farzandlarimning turmushi farovon, jamiyatga foydasi tegadigan insonlar boʻlishini niyat qilaman.

Toshkent viloyati Zangiota tumanidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj 1630 oilaga ham belgilangan xayriya mablagʻlari tarqatildi.

“Mahalla” xayriya jamoat fondi va masʼul tashkilotlar tomonidan xayriya mablagʻlarning shakllantirilgan roʻyxatlar asosida manzilli tarqatilishi davom etmoqda.


3 731
OʻzA