Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

02.02.2018 21:30 Chop etish versiyasi

Saxovat – benazir qadriyat

Toshkent viloyati Ohangaron tumanidagi Saxovat uyida o‘tkazilgan xayriya tadbiri shunday nomlandi.

O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi viloyat kengashi tomonidan tashkil etilgan tadbirda xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashlari deputatlari, tuman hokimligi mas’ullari, “Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman bo‘limi xodimlari hamda partiya faollari ishtirok etdi.

Mamlakatimizda nuroniylarga mehr-muruvvat ko‘rsatish, ular salomatligini mustahkamlash, hayot tajribalaridan foydalanish va yosh avlodga ibrat qilib ko‘rsatishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

– Muassasamizda 150 nafar qariya va nogironlar yashaydi, – deydi Saxovat uyi direktori A.Omonov. – Bu yerda davlatimiz tomonidan ularga barcha sharoit yaratilgan. Doimiy ravishda tibbiy va ijtimoiy xizmat ko‘rsatish, ularni tizimli asosda sog‘lomlashtirishni tashkil etish, nogironlarni zarur tibbiyot vositalari bilan ta’minlashga jiddiy e’tibor qaratilgan. Malakali shifokorlarimiz tomonidan har kuni tibbiy muolajalar olib borilib, bir yilda ikki bor chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi. Qariyalarning ko‘nglini ko‘tarish maqsadida turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar muntazam tashkil etiladi.

Tadbirda homiylar tomonidan keksalar uchun dasturxon yozilib, osh tortildi. Muassasa fondi uchun turli tibbiy vositalar, dori-darmon va kiyim-kechaklar tarqatildi. San’atkorlar ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar barchaga manzur bo‘ldi.

Abdulaziz Musayev, O‘zA
7 927