Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

01.08.2018 10:11 Chop etish versiyasi

Saviskiy muzeyi “dasturxonga chorlaydi”

Saviskiy muzeyi “dasturxonga chorlaydi”

I.Saviskiy nomidagi Qoraqalpoq davlat san’at muzeyida “Dasturxonga marhamat!” deb nomlangan ko‘rgazma ochildi.

Muzey fondida saqlanayotgan faqat natyurmortlarga bag‘ishlangan ushbu kartinalar ilk bor ko‘rgazmada namoyish etilmoqda.

– Bugungi ko‘rgazmada asosan dasturxon bilan bog‘liq natyurmortlar, ya’ni qoraqalpoq, o‘zbek va rus rassomlarining turli davrlarga tegishli asarlari namoyish etilgan, – deydi muzey direktori Gulbahor Izentayeva. – Ko‘rgazmaga qo‘yilgan 50 dan ko‘proq asarlarda nonushta, tushlik va tabiat ne’matlari va mazali taomlar tasvirlangan.

Kartinalarni tomosha qilar ekansiz bizni qurshab turgan kundalik buyumlarning go‘zalligini va ajoyibligini his etasiz. Mutaxassislar bu janrni oddiy ko‘ringani bilan murakkab deya hisoblaydilar. Namoyish etilayotgan natyurmortlarning ayrimlari moddiy dunyoni aniq tasvirlanishi, real shakllarning rassomlar tomonidan mohirona ishlangani bilan ajralib turadi.

Yesimxon Qanoatov, O‘zA
2 661