O‘zA O`zbek

21.10.2019 Chop etish versiyasi

Sartaroshlar xalqaro tanlovga tayyorlanmoqda

Sartaroshlar xalqaro tanlovga tayyorlanmoqda

Yoshlar ijod saroyida O‘zbekiston Respublikasi Sartaroshlar va kosmetologlar uyushmasi tomonidan stilist-sartaroshlar uchun mahorat darslari va ko‘rik-tanlov tashkil etildi. 

Sartaroshlar va kosmetologlar uyushmasi 2006 yilda tashkil etilgan bo‘lib, uyushma mahoratli sartarosh, stilistlarni tayyorlab, ularni xalqaro tanlovlarga olib chiqib, O‘zbekistonimiz nomini dunyoga tanitishga hissa qo‘shib kelmoqda. Hozir uyushmaning 500 ga yaqin a’zosi mamlakatimizning turli hududlarida faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularning xalqaro miqyosda malaka oshirishi, tanlov va tadbirlarga qatnashishi uchun trening va o‘quv-mashg‘ulotlari muntazam o‘tkazilib turiladi.

– Keyingi paytlarda bizning usta-sartaroshlar mahorat bobida dunyoning eng ko‘zga tashlangan mutaxassislaridan aslo qolishmayapti, –deydi uyushma raisi Farhod Shomurodov. – Biz ularning mahoratini oshirish uchun Germaniya, Finlyandiya, Rossiya kabi davlatlardan malakali mutaxassislarni chaqirib, o‘quv-mashg‘ulotlari o‘tkazish tizimini yo‘lga qo‘yganmiz. Shu tariqa uyushmamiz a’zolari mahoratini oshirib boramiz. Navbatdagi tadbir ham joriy yilda Sankt-Peterburgda o‘tkaziladigan xalqaro ko‘rik-tanlovda qatnashish uchun munosib nomzodlarni tanlash va ularni tayyorlash uchun tashkil etildi.

Tadbirda ayol va erkak stilist-sartaroshlari, pardozchi hamda modelerlar o‘zlarining so‘nggi urfdagi ishlari bilan mahoratini ko‘rsatdi. Har bir yaratilgan obrazda modern uslubi bilan birga, millatimizga xoslik va qadimiy urf-odatlarimiz aks etishiga alohida ahamiyat berildi.

429
G.BOBOEVA, O‘zA