Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

09.02.2017 19:38 Chop etish versiyasi

Sarhisob va istiqboldagi rejalar

Buxoroda O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi viloyat kengashining 2016-yil faoliyati yakunlari va 2017-yildagi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari muhokamasiga bag‘ishlangan plenumi bo‘lib o‘tdi.

Unda partiya viloyat kengashi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi partiya fraksiyasi a’zolari, tuman va shahar partiya tashkilotlari rahbarlari, boshlang‘ich partiya tashkilotlari yetakchilari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Konstitutsiyamiz qabul qilinganining 24-yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi, parlament palatalari qo‘shma majlisidagi va mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzalarida belgilab berilgan yo‘nalishlardan kelib chiqadigan muhim vazifalar ijrosini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi.

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Buxoro viloyati kengashining o‘tgan yilgi faoliyati va 2017-yildagi ustuvor vazifalari tahlil etildi. Tadbirda eng asosiy ustuvor vazifa – «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» Davlat dasturini amalga oshirish, «Inson manfaatlari hamma narsadan ustun» degan olijanob g‘oyani izchil hayotga tatbiq etish, partiya tizimida fuqarolar, saylovchilar va elektorat bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yishning samarali usul va mexanizmlarini joriy etishga alohida e’tibor qaratildi.

Hisobot davrida partiyaning dasturiy maqsad va vazifalarini ro‘yobga chiqarishda mahalliy vakillik organlariga partiyadan saylangan deputatlar faoliyati va tashabbuskorligini oshirishga, partiya tashkilotlari va guruhlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilib, ularning faoliyati doimiy tahlil qilib borilgani ta’kidlandi.

– Hisobot davrida 175 ta deputatlik so‘rovi o‘tkazildi. Ularning 129 tasi fuqarolar murojaatlari asosida hal etilgan shikoyatlar bilan bog‘liq, – dedi “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Buxoro viloyati kengashi raisi Saidjon Hamroyev. – Mansabdor shaxslar hisobotini eshitish davlat hokimiyati vakillik organlari va aholi o‘rtasida o‘zaro mustahkam aloqani yo‘lga qo‘yishda eng ta’sirchan usullardandir. Unda hokim va uning o‘rinbosarlari, tashkilotlar rahbarlarining hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga oshirayotgan ishlari keng muhokama etildi.

Plenumda Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida amalga oshiriladigan vazifalar partiyaning har bir deputati, har qaysi faolidan shaxsiy javobgarlikni his qilgan holda o‘z ustida ishlashi lozimligiga e’tibor qaratildi. Faollik, fidoyilik, ishga zamonaviy tafakkur bilan yondashish partiyaning elektorat oldida o‘z obro‘sini mustahkamlashi, saylovchilar ishonchini oqlashi, siyosiy kuch sifatida uning manfaatlari chinakam himoyachisiga aylanishi uchun ham muhimdir.

Erkin Yodgorov, O‘zA
2 894






Все о погоде - Pogoda.uz