Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

30.08.2018 20:41 Chop etish versiyasi

Sarhisob: manfaat va maqsad

Sarhisob: manfaat va maqsad Milliy matbuot markazida “Oʻzbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati oʻtkazgan tadbirda uglevodorod xomashyosini qayta ishlash, aholini va xalq xoʻjaligi komplekslarini neft mahsulotlari va suyultirilgan gaz bilan uzluksiz taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berildi.

Prezidentning 2017 yil 30 iyundagi “Neft-gaz sohasining boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori bugungi kunda neft-gaz sanoati sohasini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etayotgani taʼkidlandi.

Maʼlumotlarga koʻra,“Oʻztransgaz” aksiyadorlik jamiyati tizimida 82 suyultirilgan gaz toʻldirish stansiyasi bor. 650 tadan ortiq maxsus avtotransport suyultirilgan gazni aholiga yetkazib beradi. Shuningdek, qoʻshimcha ravishda 234 vagon-sisterna, 121 avtotsisterna ijaraga olingan.

Joriy yilning sakkiz oyida isteʼmolchilar 260 ming tonnaga yaqin suyultirilgan gaz, 436 ming donadan ziyod gaz balloni bilan taʼminlandi. Yil oxirigacha yana 140 ming tonnadan ziyod suyultirilgan gaz, 200 ming donaga yaqin gaz balloni yetkazib berish koʻzda tutilgan.

Neft va gazni qayta ishlash, neft mahsulotlari ishlab chiqarish boʻyicha berilgan maʼlumotga koʻra, oʻtgan sakkiz oyda neftni qayta ishlash zavodlarida 2 million tonnadan ziyod xomashyo qayta ishlangan. Natijada 700 ming tonnadan ziyod avtobenzin va dizel yoqilgʻisi, 60 ming tonnaga yaqin neft moylari, boshqa neft mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

Davron Sunnatov, OʻzA
1 369