O‘zA O`zbek

01.05.2020 Chop etish versiyasi

Sardobaliklar evakuatsiya qilinmoqda

Sardobaliklar evakuatsiya qilinmoqda

Sardoba suv ombori hududidan evakuatsiya qilingan aholi Sirdaryo tumaniga qabul qilinmoqda.

Bugun 1-may kuni soat 05:55 da Sirdaryo viloyatida joylashgan “Sardoba” suv ombori dambasining 6 piket devorida suv chiqishi yuzaga kelgan edi.

1-Sardoba suv ombori-11.jpeg

1-Sardoba suv ombori-12.jpeg

1-Sardoba suv ombori-17.jpeg

Mazkur vaziyat oqibatlarini bartaraf etish, evakuatsiya tadbirlarini amalga oshirildi. Viloyatimizning barcha tumanu shaharlarida boʻlgani kabi Sirdaryo tumanida ham evakuatsiya qilingan aholini kutib olish uchun zaruriy choralar koʻrildi.

Sirdaryo tuman hokimligi Matbuot xizmatining xabar berishicha, ayni damda tumandagi Dexqonobod, Baxmal, Tinchlik, Xazina, Ishonch, Tadbirkor, Orzu, Ahillik, Turkiston MFYlarida istiqomat qiluvchi fuqarolarimiz, oliyjanob va mehmondoʻstlik bilan 1400 dan ziyod evakuatsiya qilingan aholiga oʻz uylaridan boshpana ajratmoqda.

1-Sardoba suv ombori-13.jpeg

1-Sardoba suv ombori-15.jpeg

1-Sardoba suv ombori-14.jpeg

Bundan tashqari tumandagi 525 harbiy qismda 500 oʻrinli, Baxt shahar yengil-sanoat kolleji binosida 200 oʻrinli yotoq joylari tayyorlanib evakuatsiya qilinayotgan aholini joylash rejalashtirilgan.

Vaziyat toʻliq nazoratga olingan, sarosimaga tushishga asos yoʻq.

Evakuatsiya ishlari davom etmoqda...


3 816
A.QAYUMOV, F.TOSHMATOV (surat), OʻzA