O‘zA O`zbek

01.05.2020 Chop etish versiyasi

“Sardoba”dagi vaziyat: suv chiqish toʻxtadi

“Sardoba”dagi vaziyat: suv chiqish toʻxtadi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Axborot xizmati tomonidan ayni vaqtda “Sardoba” suv omboridan suv chiqish hodisasi toʻxtaganligi haqida maʼlum qilindi. Sardobada sodir boʻlgan suv toshqini viloyatning boshqa hududlarida kuzatilmagan.

Hukumat komissiyasi tomonidan suv toshqini oqibatlarini bartaraf etish, evakuatsiya qilingan aholiga zarur shart-sharoitlarni yaratish boʻyicha qator choralar koʻrilmoqda.

Vaziyat toʻliq nazoratga olingan. Sarosimaga tushishga asos yoʻq.

2 635
OʻzA