O‘zA O`zbek

01.08.2018 19:47 Chop etish versiyasi

San’atdagi siyrat

San’atdagi siyrat “Laylak qo‘ndi” madaniy meros obyektida Madaniyat vazirligi tashabbusi bilan O‘zbekiston Madaniyat va san’at ko‘rgazmasi, Respublika “Hunarmand” uyushmasi hamkorligida “San’atdagi siyrat” nomli ko‘rgazma tashkil etildi.

Ko‘rgazmadan ko‘zlangan asosiy maqsad san’atning o‘ziga xos maktab va an’analarini rivojlantirish, ijod ahlining mehnatini har jihatdan qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish, milliy va zamonaviy san’at turlarining o‘zaro uyg‘unlashuvini, yangi uslublarini san’at ixlosmandlariga namoyish etish va “ustoz-shogird” an’analarining bardavomligini ta’minlashdan iborat.

10 (1).jpg

Ko‘rgazmadan amaliy san’atimizning yog‘och o‘ymakorligi, miniatyura, naqqoshlik, kashtachilik va boshqa yo‘nalishlarida izlanayotgan ijodkorlarning asarlari joy olgan.

Uyushmagan yoshlarni turli ma’naviy tahdidlardan asrash va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi uchun ko‘rgazma doirasida O‘zbekiston Madaniyat va san’at ko‘rgazmasi tomonidan amaliy san’at mahorat darslari hamda to‘garaklar ham tashkil etilmoqda.

17 (1).jpg

Nazokat Usmonova, Farhod Abdurasulov (surat) O‘zA
4 505