Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

05.01.2018 07:52 Chop etish versiyasi

San’at asarlarini sotib olishga har yili 1 milliard so‘m sarflanadi

Bu O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2017-yil 25-dekabr kuni madaniyat va san’at sohasidagi dolzarb masalalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bayonida belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya va Iqtisodiyot vazirliklari san’at asarlarini sotib olish maqsadida har yili davlat byudjetidan Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasiga 1 milliard so‘m miqdorida mablag‘ ajratadi.

Tegishli vazirlik va tashkilotlar O‘zbekiston muzeylarida saqlanayotgan tasviriy va amaliy san’at asarlarini, moddiy madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilish ishlari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish, shu asosda faoliyat yuritayotgan xodimlarning malakasini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash vazifalari belgilangan.

Mamlakatimizdagi barcha muzeylar va badiiy galereyalar uchun, idoraviy mansubligidan qat’i nazar, ilmiy-metodik markaz vazifasini bajarishni O‘zbekiston davlat san’at muzeyiga yuklatiladi va uning qoshida Ilmiy-metodik kengash tashkil etiladi.

O‘zA
7 699