Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

04.08.2017 19:26 Chop etish versiyasi

Samimiy muloqotlar, maroqli uchrashuvlar

Mamlakatimizning barcha hududlarida bo‘lgani kabi Farg‘ona viloyatida ham eng ulug‘, eng aziz ayyom – Mustaqillik bayrami oldidan “Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!” shiori ostida turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, uchrashuv va muloqotlar o‘tkazilmoqda.

Prezidentimizning shu yil 27-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma olti yillik bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tashkil etilayotgan tadbirlarda taniqli olimlar, shoir-yozuvchilar, san’atkorlardan iborat ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot guruhlari mustaqillik yillarida amalga oshirilgan ulkan bunyodkorlik ishlari, tinch va osoyishta hayotimizning qadr-qimmati haqida so‘z yuritmoqda.

Mustaqillik yillarida mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotining barcha sohalarida asrlarga tatigulik ishlar amalga oshirildi. Buning samarasida yurtimiz yanada obod, turmushimiz farovon bo‘lib bormoqda.

Farg‘ona tumani qishloq va mahallalarida bo‘lib o‘tgan uchrashuv va davra suhbatlarida bu alohida ta’kidlandi. San’atkorlarning dilrabo qo‘shiqlari barchaga xush kayfiyat bag‘ishladi.

– Eng ulug‘, eng aziz bayram – mustaqilligimizning 26-yilligiga Farg‘onada ko‘rilayotgan qizg‘in tayyorgarlikni ko‘rib, hayotga ishtiyoqing yanada oshadi, ko‘ngling tog‘dek ko‘tariladi, – deydi Respublika “Oila” ilmiy-amaliy markazi xodimi, psixologiya fanlari nomzodi Feruza Akromova. – Ayniqsa, yoshlarning g‘ayrat va shijoati, ularning ko‘zida chaqnab turgan olov sizga ham ko‘chgandek bo‘ladi. Shunday yurtda yashayotganingdan qalbing iftixorga to‘ladi. Biz, ziyolilar bugungi dorilomon kunlarga osonlikcha erishilmagani, mustaqillikning hayotimizdagi ahamiyatini aniq misollar yordamida sodda tilda tushuntirishga harakat qilyapmiz. O‘ylaymanki, yoshlar buni tez va to‘g‘ri anglamoqda. Buni ularning uchrashuvlarda faol ishtirok etayotgani ham ko‘rsatib turibdi.

Bunday tadbirlar viloyatning barcha shahar va tumanlarida bo‘lib o‘tmoqda.

Ma’sudjon Sulaymonov, O‘zA
1 968






Все о погоде - Pogoda.uz