O‘zA O`zbek

01.05.2020 Chop etish versiyasi

Samarqandliklar sirdaryoliklarga yordamga bordi

Samarqandliklar sirdaryoliklarga yordamga bordi

Samarqand viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi qoshidagi maxsus brigada Sardoba suv ombori dambasidan suv chiqishi oqibatlarini bartaraf etish va aholiga tezkor yordam koʻrsatish uchun zarur vosita va qutqaruv asboblari, palatkalar olgan holda Sirdaryo viloyati bordi.

Samarqand viloyati hokimi oʻrinbosari R.Qobilovning maʼlum qilishicha, viloyat hokimligi tomonidan bugun Sirdaryoga oziq-ovqat mahsulotlari va dori-darmonlardan iborat insonparvarlik yordam ham yuboriladi.

Bundan tashqari, viloyat jamoatchiligi Sirdaryoda suv toshqinidan zarar koʻrganlarga kiyim-kechak, koʻrpa-toʻshak va roʻzgʻor buyumlaridan yordam berish tashabbusi bilan chiqdi. Shu maqsadda viloyatning har bir tuman, shahrida maxsus shtablar tashkil etilmoqda.

1 955
Gʻ.HASANOV, OʻzA