O‘zA O`zbek

15.03.2019 12:07 Chop etish versiyasi

Samarqandlik jurnalistlar navbatsiz uy oladi(mi)?

Samarqandlik jurnalistlar navbatsiz uy oladi(mi)?

Bu savolga Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari ishtirokida o‘tgan matbuot anjumanida javob olindi. 

Ta’kidlanishicha, endilikda viloyatda qurilayotgan ko‘p qavatli uy-joylardan samarqandlik jurnalistlar navbatsiz kvartira olishlari mumkin. Bunday imkoniyat jurnalistlar uyushmasining viloyat bo‘limi tavsiyasini olgan jurnalistlarga beriladi.

Darhaqiqat, Prezidentimizning 2017 yil 10 avgustdagi “O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 4-bandida “Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Uyushma bilan birgalikda ehtiyojmand va faol jurnalistlarni imtiyozli ipoteka kreditlari asosida uy-joy yoki yer uchastkalari bilan ta’minlash ishlarini belgilangan tartibda yo‘lga qo‘ysin” deyilgan.

Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda 14 yildan beri ijarama-ijarada ko‘chib yurgan jurnalist Ismoil Shomirov Jurnalistlar uyushmasining Surxondaryo viloyati bo‘limi tavsiyasiga binoan uyli bo‘lgani haqida chiqish qilingan edi. Uning xabarida viloyatda jami 7 nafar jurnalist shunday imkoniyatga ega bo‘lgan. Qoraqalpog‘ictonda ham jurnalistlar uyushmasi tavsiyasiga asosan uyli bo‘layotganlar haqida eshitgandim. 

Husan Eltoev,
jurnalist

O‘zA
460