O‘zA O`zbek

23.03.2020 Chop etish versiyasi

Samarqanddagi maktablar dezinfeksiya qilinmoqda

Samarqanddagi maktablar dezinfeksiya qilinmoqda
Koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish va taʼlim muassasalarida sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni taʼminlash hamda oʻquvchi va oʻqituvchilarning sogʻligʻini himoya qilish maqsadida uzaytirilgan taʼtil kunlari eʼlon qilindi.

Samarqand viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi axborot xizmatining xabar berishicha, ayni paytda barcha umumtaʼlim muassasalarida tozalik va dezinfeksiya tadbirlarini kuchaytirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Viloyat, tuman va shahar sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlari, viloyat dezinfeksiya stansiyasi bilan hamkorlikda 1237 umumtaʼlim maktabi, 17 ta “Barkamol avlod” bolalar maktabi, 9 ta maxsus maktab-internat hamda 2 ta Mehribonlik uyida dezinfeksiya ishlari olib borildi.

Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarining xavfsizligini taʼminlash, salomatligini muhofaza qilishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

1 011
Gʻ.HASANOV, OʻzA